O‘zbekiston | 23:17 / 28.10.2019
10412
2 daqiqa o‘qiladi

MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlar importida boj undirilmaydi

2020 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi mavjud 11 ming 293 turdagi tovarlardan 7 ming 261 turdagisining import boji stavkalari o‘zgarmaydi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” muxbiri.

Unda ta'kidlanishicha, 2 ming 730 turdagi tovarlarga stavka joriy etilib, 1 ming 96 turdagisiga stavkalar oshiriladi, 208 turdagi mahsulotlarga esa stavkalar pasaytiriladi.

Tadbirda ishtirok etgan Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mutalibjon Soliyevning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning o‘tgan 9 oyida umumiy import hajmi 16,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Shundan 5,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar MDH mamlakatlaridan olib kirilgan. Bojxona to‘lovlariga tortiladigan umumiy import esa 4,3 milliard AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bundan MDH mamlakatlari hissasiga 2 milliard AQSh dollari (46,3 foizi) to‘g‘ri kelmoqda.

E'tiborlisi shundaki, MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni import qilishda import boji undirilmaydi.

Brifingda aytilishicha, davlat rahbarining 2019 yil 26 iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan shu yil 1 oktyabrdan QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Natijada 307,6 milliard so‘m mablag‘ TIF qatnashchilari ixtiyorida qoldi.

Mavzuga oid