Jahon | 00:31 / 19.11.2019
14759
2 daqiqa o‘qiladi

Vaznsizlik fazogirlar qonini orqaga oqishga majbur qilgani aniqlandi

Foto: Depositphotos

Olimlar ba'zi fazogirlarning venalaridan biridagi qon odatdagidek miyadan yurakka emas, aksincha yo‘nalishda oqishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari JAMA Network Open nashrida e'lon qilingan.

Olimlar tadqiq qilingan 11 fazogirdan 2 nafarida chap ichki bo‘yin venasida qonning teskari oqishini qayd qilishgan. Ushbu tomir miyadan qon oqib chiqadigan ikkita yirik tomirdan biri hisoblanadi. Mutaxassislar buni Xalqaro koinot stansiyasidagi vaznsizlik bilan bog‘lashgan. 

Olimlarning fikricha, bu XKSdagi vaznsizlik sababli yuz bergan. Bunday sharoitlarda ichki organlar joyidan qo‘zg‘alib, venani pastdan siqishi mumkin va bu qonning qisman orqa yo‘nalishda oqishga majbur qiladi.

Yerdagi sharoitlarda bunday holat o‘simta mavjudligi vaqtida kuzatilishi mumkin. Bunda o‘simta venani ichdan bosadi.

Bundan tashqari, fazogirlardan birining venasida qon quyqasi aniqlangan. Bunday quyqa o‘pkaga tushsa, o‘limga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida fazogir qonni suyultiruvchi vositalarni qabul qilishni boshlagan. Ta'kidlanishicha, hozirda uning hayoti xavf ostida emas.

 

Mavzuga oid