Yamanlik husiychilar Janubiy Koreyaga tegishli kemalarni ekipaji bilan birga qo‘yib yubordi
Yamanlik husiychilar Qizil dengizda qo‘lga olgan, Janubiy Koreyaga tegishli kemalarni ekipaji bilan birga 2 kun o‘tib qo‘yib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Kemalar Yamanda 17 noyabrda soat 21.50da bosib olingan. Ulardan ikkitasi Janubiy Koreyaga, bittasi Saudiya Arabistoniga tegishli bo‘lgan. Hammasi bo‘lib kemalarda 16 kishi, jumladan 3 nafar janubiy koreyalik bo‘lgan. Ikki kun o‘tib, ya'ni 19 noyabr soat 18.40 atrofida AQSh va mintaqadagi davlatlar sa'y-harakatlari bilan dengizchilar ozod qilingan.
Kemalar mahalliy vaqt bilan 20 noyabr ertalab Saudiya Arabistonining Jizan porti tomon yo‘l olib, 2 kundan keyin u yerga yetib borishi kerak.
Janubiy Koreya voqea bilan bog‘liq holda kemalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish topshirig‘ini bergan.
Husiychilar avvalroq ta'kidlaganidek, kemalar ular haqiqatan ham Janubiy Koreyaga yoki “agressor davlatlarga” tegishli ekanini aniqlash maqsadida to‘xtatilgan. Kemalar Janubiy Koreyaga tegishli ekani tasdiqlansa, ularni qo‘yib yuborishga va'da qilingan.
Mavzuga oid
18:16 / 27.12.2024
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
17:51 / 26.12.2024
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchiga ham impichment e’lon qilmoqchi
17:43 / 25.12.2024