Aziz Abduhakimov: «Maktablarga ko‘maklashish o‘ziga xos milliy harakatga aylandi»
Senatning ayni paytda davom etayotgan 24-yalpi majlisida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2019 yil III choragida bajarilishining borishi va IV choragida ijro qilish bo‘yicha vazifalar yuzasidan hisobot berdi.
“Maktablarga ko‘maklashish o‘ziga xos milliy harakatga aylandi. Mutasaddi vazirlik va idoralar hamda hududlar rahbarlari sa'y-harakatlari bilan 2 864 ta maktabda isitish, 173 ta maktabda ichimlik suvi hamda 181 ta maktabda kanalizatsiya tizimlari yaxshilandi, 493 maktablarning atrofi o‘ralib, 175 ta maktabda oshxonalar va 579 ta maktabda hojatxonalar qurilishi ta'minlandi”, deya Aziz Abduhakimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, mazkur yo‘nalishdagi ishlar IV chorakda ham izchil davom ettiriladi. Ta'lim tizimida ham aniq rejalar belgilangan bo‘lib, investitsiya dasturida nazarda tutilgan maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish ishlarini amalga oshirish natijasida yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha jami 20 355 ta qo‘shimcha o‘rin yaratiladi.
“Respublika bo‘yicha jami 88,2 ming nafar o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 506 ta umumta'lim maktablarida jami 875 mlrd so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi”, dedi Aziz Abduhakimov.
Mavzuga oid
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024