Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DYHXX xodimlari tungi vaqtda YPX maskanlarida maxsus tadbirlarni amalga oshirmoqda
Respublika Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tungi vaqtlarda yo‘l-patrul xizmati maskanlarida muntazam maxsus tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uzoq masofalarga qatnovchi transport vositalari to‘xtatilib, haydovchilari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Maskanga qo‘yilgan maxsus monitor va televizorlarda esa qoidabuzarliklarning ayanchli oqibatlari aks ettirilgan lavhalar namoyish etilmoqda.

Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari har bir haydovchi bilan alohida suhbatlashish jarayonida uning holatiga ham e'tibor qaratishmoqda. Charchash alomatlari sezilgan holda haydovchiga bir oz dam olish, ochiq havodan nafas olish, issiq qahva ichish taklif etilyapti. Bu tadbirlar respublikaning barcha hududlarida tashkil etilgan, deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - harakatlanish xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
17:35 / 15.05.2026