O‘zbekiston | 12:24 / 17.12.2019
6831
1 daqiqa o‘qiladi

Amiti universitetining boshqaruvi direktori tayinlandi

Foto: mitc.uz

Vazirlar Mahkamasining 16 dekabrdagi qarori bilan Bobur Sa'dullayevich Abdullayev Toshkent shahridagi Amiti universitetining boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bobur Abdullayev mehnat faoliyati davomida «O‘zbektelekom» kompaniyasi, AKT vazirligi va UZINFOCOM yagona integratorida turli lavozimlarda ishlagan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan.

Universitetda AKT sohasi uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Mavzuga oid