Jahon | 22:15 / 14.01.2020
12011
1 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson Eron bilan Tramp shartlari hisobga olingan yangi kelishuv tuzishni taklif qildi 

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Eron yadro dasturi bo‘yicha birgalikdagi harakatlar rejasini AQSh prezidenti Donald Tramp shartlari inobatga olingan yangi kelishuv bilan almashtirilishi mumkinligini aytdi.

Foto: Reuters

Jonson Oq uy rahbarini o‘zidan avvalgi prezident Barak Obama imzolagan kelishuv qoniqtirmasligini eslatib o‘tgan. Trampning fikricha, kelishuvda ko‘plab holatlar hisobga olinmagan.

“Keling uni “Tramp kelishuvi” bilan almashtiramiz va bu vaziyatdan chiqishning eng yaxshi yo‘li bo‘ladi. Tramp – ajoyib tadbirkor, keling harakatlar rejasini o‘zgartirish uchun birgalikda ishlaymiz”, deb aytgan Jonson BBC telekanaliga bergan intervyusida.   

Uning ta'kidlashicha, London va Vashington Tehronga yadro quroliga ega bo‘lishga imkoniyat bermasligi kerak, chunki “aynan shu maqsadda harakatlar rejasi o‘ylangan”.

Avvalroq Eron harakatlar rejasi doirasida majburiyatlarini bajarishni to‘xtatganini ma'lum qilgan, biroq uning yadro dasturi faqatgina tinchlik maqsadida amalga oshirilishiga va'da bergan.

Mavzuga oid