Jahon | 21:33 / 26.02.2020
6336
1 daqiqa o‘qiladi
Kuvayt koronavirus tarqalgan davlatlarning kemalari uchun o‘z portlarini yopdi
Kuvayt portlar boshqarmasi koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘p sonda qayd qilingan davlatlar - Yaponiya, Singapur, Tailand, Italiya, Eron, Iroqning kemalariga o‘z portlarida to‘xtashni taqiqladi. Biroq neft tankerlari bundan mustasno.
Bu haqda Kuvaytning “Al-Anba'” nashri ma'lum qildi.
"Yaponiya, Singapur, Tailand, Italiya, Iroq va Erondan keladigan kemalarga Kuvayt portlariga kirish taqiqlandi. Bu taqiq neft tankerlariga taalluqli emas", deyilgan boshqarma xabarida.
26 fevralda Kuvayt sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusdan kasallanganlik bo‘yicha 25ta holat qayd qilingani haqida xabar qildi.
Mavzuga oid
15:32 / 11.12.2024
O‘zbekiston mahsulotlarini Qozog‘iston portlari orqali tashish yo‘lga qo‘yiladi
14:52 / 29.11.2024
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
14:50 / 21.11.2024