ID-kartani rasmiylaştiriş va beriş tizimi böyiça prezident farmoni loyihasi e'lon qilindi
|15:21 / 12.05.202049 8467 min
Özbekiston Respublikasida identifikatsiyalaş ID-kartani rasmiylaştiriş va beriş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari qabul qilinadi.
Prezidentning “Özbekiston Respublikasida identifikatsiyalaş ID-kartani rasmiylaştiriş va beriş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalaş ID-kartasi töğrisidagi nizom;
Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi çet el fuqarosi va fuqaroligi bölmagan şaxsning identifikatsiyalaş ID-kartasi töğrisida nizom tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalaş ID-kartasi töğrisidagi nizomga köra, ID-karta egasining şaxsini tasdiqlovçi hujjat hisoblanib, Özbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi.
ID-karta Özbekiston Respublikasi fuqarolariga tuğilganidan boşlab beriladi. Özbekiston Respublikasi hududida yaşovçi Özbekiston Respublikasi fuqarolari 18 yoşdan ID-kartaga ega bölişlari şart.
ID-karta fuqarolarga quyidagi amal qiliş muddatlariga beriladi:
tuğilgan kunidan boşlab bir yoşgaça – ikki yil muddatga;
bir yoşdan 16 yoşgaça – 5 yil muddatga;
16 yoşdan oşgan şaxslarga – 10 yil muddatga.
Fuqaro 14 yoşdan boşlab ID-karta rasmiylaştirişda barmoq izlarini topşirişi şart.
Fuqaro doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olingan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlariga (MvaFRB) ID-kartani oliş uçun 18 yoşga tölgandan söng bir oydan keçikmasdan murojaat etişi lozim.
ID-kartani almaştiriş uçun esa ID-karta muddati tugagandan söng bir oydan keçikmasdan murojaat etadi.
Fuqaro ID-kartani yaroqsiz holga keltirganda yoki yöqotib qöygan taqdirda, unga yangi ID-karta Özbekiston Respublikasining “Davlat boji töğrisida” gi Qonunida belgilangan miqdorda qöşimça tölov asosida rasmiylaştirib beriladi.
Özgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bölgan şaxslarga ID-karta rasmiylaştiriş va beriş tegişli murojaat asosida belgilangan tartibda uşbu şaxslarning doimiy yaşaş yoki böliş joyiga borgan holda amalga oşiriladi. Uşbu xizmat uçun alohida haq undirilmaydi.
Mavzuga oid
ID-karta qat'iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi. ID-kartalarni personallaştiriş va yöq qiliş – MvaFRB amalga oşiriladi.
ID-karta MvaFRB tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan boşlab uç iş kunida beriladi.
ID-karta belgilangan namuna böyiça lotin harfida özbek tilida, Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun esa - qoraqalpoq yoki lotin harfida özbek tillarida personallaştiriladi.
ID-karta blankasiga quyidagi asosiy ma'lumotlar kiritiladi:
hujjatning nomi;
ID-kartaning raqami;
ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
millati;
tuğilgan sanasi;
fuqaroligi;
tuğilgan joyi;
jinsi;
berilgan sanasi;
kim tomonidan berilgani;
amal qiliş muddati tugaydigan sana;
egasining raqamli surati;
egasi haqidagi maşina öqiydigan ma'lumotlar.
16 yoşga tölmagan fuqaroning millati uning ota va onasining özaro kelişuviga muvofiq belgilandi hamda Içki işlar vazirligi tomonidan belgilangan şakldagi arizada fuqaroning millati körsatib ötiladi.
Çipga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
egasining biografik ma'lumotlari;
egasining biometrik ma'lumotlari (raqamli fotosurati va qöl barmoq izlari);
egasining elektron raqamli imzosi.
Qonunçilikka asosan çipga boşqa ma'lumotlar ham kiritilişi mumkin.
ID-kartadagi millat haqidagi yozuv ota-onaning millatiga muvofiq yoziladi. Agar ota-onasi turli millatga mansub bölsa, birinçi marta ID-karta berilayotganda fuqaroning xohişiga qarab ota-onasidan birining millati yoziladi. Fuqaroning yozma arizasiga köra millat haqidagi yozuv faqat bir marta, otasi yoki onasining millatiga özgartirilişi mumkin.
Vazirlik va idoralarning avtomatlaştirilgan tizimi orqali ID-karta egasining roziligi bilan davlat xizmatlarini oliş uçun boşqa ma'lumotlardan foydalanişga ruxsat etiladi.
ID-karta rasmiylaştiriş va beriş quyidagi holatlarda amalga oşiriladi:
fuqaro 18 yoşga tölgunga qadar ixtiyoriy;
fuqaro 18 yoşga tölganda;
Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganida;
ID-kartaning amal qiliş muddati tugaganida;
fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tuğilgan sanasi özgarganida;
fuqaroning biometrik ma'lumotlari özgarganida;
ID-kartada noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida (rasmiylaştirib berilgan kundan boşlab 10 kun içida – bepul almaştiriladi);
ID-karta yaroqsiz holga kelganida;
ID-karta yöqotib qöyilganida.
ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tuğilgan sanasi, biometrik ma'lumotlari özgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almaştirilayotganida, fuqaro MvaFRBga uşbu holatlarni tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etadi.
Özbekiston Respublikasi hududida yaşovçi fuqaro ID-kartani oliş yoxud uni almaştiriş uçun tegişli yoşga yetgandan söng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tuğilgan sanasi, yozuvdagi noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi va ID-karta yaroqsiz holga kelgandan keyin bir oy muddatdan keçikmay hujjatlarni taqdim etişlari lozim.
Özbekiston Respublikasi hududida yaşovçi fuqaro ID-karta olişi uçun MvaFRBga quyidagilarni taqdim etadi:
Içki işlar vazirligi tomonidan belgilangan şakldagi ariza;
ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;
fuqaroligi bölmagan şaxs uçun Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi (Özbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan holatda);
tuğilganlik haqidagi guvohnoma (birinçi marotaba rasmiylaştirilayotganda) yoki ID-karta;
davlat boji tölanganligi haqida kvitansiya (tölov tizimlari orqali tölanganda kvitansiya majburiy emas).
Haqiqiy harbiy xizmatni ötab, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari rezerviga böşatilgan va pasporti yoki ID-kartasi bölmagan harbiy xizmatçilarga ID-karta kontrakt asosida xizmat qilgan harbiy xizmatçining şaxsini tasdiqlovçi guvohnoma yoki Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari ofitserining şaxsini tasdiqlovçi guvohnoma asosida MvaFRB tomonidan beriladi.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilariga ID-kartalar harbiy qism joylaşgan joydagi MvaFRB tomonidan tegişli vazirliklar va idoralar rahbarlarining yozma iltimosnomalari asosida beriladi.
Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etişga yoxud qamoqqa hukm qilingan şaxsning ID-kartasi suriştiruv, tergov idoralari yoki sud tomonidan olib qöyiladi. Agar şaxs sudning hukmi bilan qamoqda qoldirilsa, uning ID-kartasi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş boş boşqarmasiga jönatiladi.
Şaxs qamoqdan ozod etilganida yoki jazo muddatini ötab bölgaç, unga ID-kartasi tergov, sud idoralari yoki jazoni ijro etiş muassasasi ma'muriyati tomonidan qaytariladi.
Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarning tergov, sud idoralarida yoki jazoni ijro etiş muassasasi ma'muriyatida saqlanayotgan muddati ötgan pasportlar yoki ID-kartalar yöq qiliş uçun MvaFRBga jönatiladi.
ID-karta rasmiylaştiriş uçun Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Töliq davlat ta'minotida bölgan şaxslar davlat boji tölaşdan ozod etiladilar.