Boeing muammoli 737 MAX samolyotlari ishlab chiqarilishini qayta yo‘lga qo‘ydi
Boeing kompaniyasi muammoli 737 MAX samolyotlari ishlab chiqarilishini tiklashini e'lon qildi. Samolyotlar ishlab chiqarilishi Renton shahridagi zavodda qayta boshlangan.

Foto: iStock
“Hozirda ishlab chiqarish hajmlari past, chunki biz ish joyida mehnat xavfsizligini ta'minlash va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rdik. Yil davomida Boeing ushbu turdagi samolyotlardan ko‘proq ishlab chiqarmoqchi”, deb aytilgan kompaniya bayonotida.
Boeing 737 MAX modellaridan foydalanish ular ishtirokida Efiopiya va Indoneziyada yuz bergan falokatlardan keyin to‘xtatilgan edi. Kompaniya rahbariyati fojialarning barcha tafsilotlarini o‘rgangach, ikkala hodisada ham samolyotlarning manyovrlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash tizimida muammo bo‘lganini tan olgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, o‘shanda ko‘plab davlatlar ushbu modeldagi samolyotlarni qo‘llashni to‘xtatgandi.
Mavzuga oid

22:05 / 11.01.2025
Yil boshidan beri Rossiya aviakompaniyasining to‘rtinchi samolyoti parvoz paytida buzilib qoldi

20:49 / 13.12.2024
Boeing 787 Dreamliner’larni ishlab chiqarishni oshirishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi

18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi

20:10 / 10.11.2024