Dunyodagi eng yirik elektrosamolyot ilk parvozini amalga oshirdi
Dunyodagi eng yirik elektrosamolyot Cessna Grand Caravan 208B (eCaravan) AQShda ilk sinov parvozini amalga oshirdi. Samolyot shu nomdagi samolyotning magni500 elektrodvigateli bilan jihozlangan modifikatsiyasi hisoblanadi.
AeroTEC kompaniyasi samolyoti ilk parvozi Vashington shtatidagi Mozes-Leykda o‘tkazilgan. Grant Kaunti aeroportida amalga oshirilgan sinov parvozi muvaffaqiyatli deb topilgan.
Samolyot havoda 30 daqiqa bo‘lgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bunday qurilmalardan foydalanish shovqin va atrofga gaz chiqarilishini kamaytirishga hamda parvozning bir soati qiymatini ancha arzonlashtirishga imkon beradi.
“Men muhandislarimiz, sinov parvozini o‘tkazgan texnik mutaxassislar va jamoaning novatorlik ishidan faxrlanaman. Elektrosamolyotlarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha yo‘l xaritasi mavjud emas – bu yangi sarhaddir va AeroTEC uning old qatorida”, deb aytgan kompaniya bosh direktori Li Xyuman.
Ma'lum qilinishicha, samolyot o‘z bortiga 5 yo‘lovchi olishi va 160 km masofani uchib o‘tishi mumkin.
Ayni vaqtda samolyotni sertifikatlash ishlari olib borilmoqda.