Prezidentning “Kapital bozorini rivojlantirish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va aksiyalarni ommaviy taklif etishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tajriba tariqasida alohida shartlar asosida ko‘rsatilgan korxonalarda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish taklifiga rozilik bildiriladi.
Aksiyalari alohida shartlar asosidagi birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish asosida sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari
RO‘YXATI

Quyidagilarni alohida shartlar etib belgilanadi:
a) IPO yoki SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalarni xarid qilish uchun arizalarni to‘plash jamiyatning aksiyalar IPO’sini tashkil etish haqidagi qaror qabul qilgan vakolatli organi yoxud aksiyalarining SPO’sini tashkil etish qarorini qabul qilgan aksiyador bilan ushbu IPO yoki SPO’ni o‘tkazish shartnomasi tuzilgan anderrayter yoki anderrayterlar birlashmasi tomonidangina amalga oshiriladi;
b) anderrayter aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganish natijalari asosida aksiyalar xaridi arizalarini to‘plash uchun aksiyaning nominal va baho qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan narx chegaralarini belgilaydi;
v) IPO yoki SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalar ularni xarid qilish uchun berilgan arizalarda ko‘rsatilgan narxlar chegaralaridan kelib chiqib, tashabbuskor bilan kelishgan holda anderrayter belgilaydigan yagona narx asosida investorlar orasida taqsimlanadi;
g) anderrayterga aksiyalar taqsimlanadigan investorlarni tanlash, shuningdek, investorlarga IPO yoki SPO doirasida xarid qilingan aksiyalarni sotish taqiqlanadigan muddatni belgilash huquqi beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar, investitsion maslahatchilarni saralash, shuningdek, aksiyalarning davlat paketlarini sotish usullari, yo‘llari va tartibini tanlashda Agentlik bilan kelishish shart;









