Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklarining:

aholi tomorqalariga kafolatlangan köçat va uruğlarni tizimli yetkazib berişni taşkil etiş uçun "Tomorqa xizmati" MÇJlarga issiqxona, sovitkiçli omborxonalar, çorvaçilik majmualari quriş uçun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq yer maydoni ajratiş;

"Tomorqa xizmati" MÇJlar kuzatuv kengaşlari tarkibiga, tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi a'zo bölib kirişlari;

aholi tomorqalariga kafolatlangan köçat va uruğlarni tizimli yetkazib beriş, mahsulotlarni sotişni taşkil qiliş uçun viloyatlar va tuman (şahar)lar markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida "Tomorqa xizmati" MÇJlar uçun maxsus savdo maydonlarini ajratiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan:

klaster usulida faoliyat yuritadigan "Tomorqa xizmati" MÇJlarga 3 yil muddatga kredit yoki ularning ustav kapitaliga keyinçalik sotiş huquqi bilan uluş ajratadi;

aholi tomorqalarida yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş uçun 20-30 tonnalik kiçik hajmli sovitkiçlar barpo etiş uçun kredit ajratadi;

tijorat banklari bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uç oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş yönalişida 2 million sömgaça Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz On-line tarzda tomorqa yer egalariga mikrokreditlar ajratiş mexanizmini joriy etadi.

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan:

2023 yil 1 yanvarga qadar "Tomorqa xizmati" MÇJ hamda qişloq xöjaligi kooperativlariga beriladigan kreditlar böyiça kredit summasining 50 foizigaça, biroq 3 mlrd sömdan ortiq bölmagan hajmda kafillik berilişi belgilandi;

fermer, dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalari, "Tomorqa xizmati" MÇJ va qişloq xöjaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi töğrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda, ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigaça qoplab beriş tizimi joriy etildi.