Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi
AQShda koronavirusga chalinganlar soni 3 mlndan oshdi.
Foto: EPA-EFE/PETER FOLEY
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 8 iyulga kelib 3009611 nafarga yetgan, ulardan 131594 kishi vafot etgan, 936476 kishi sog‘ayib ketgan.
Mamlakat bo‘yicha eng ko‘p kasallanganlar Nyu-York shtatida qayd qilingan – 398237 nafar. Bu borada keyingi o‘rinlarda Kaliforniya (284139 kasallangan), Florida (223783) va Texas (216026) shtatlari turibdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda pandemiya bilan bog‘liq falokatli vaziyatga qaramay, kuzda mamlakatda barcha umumta'lim maktablari ochilishini talab qilmoqda. Trampning ta'kidlashicha, Oq uy kerak bo‘lsa, buni qilishni istamaydigan shtatlar gubernatorlariga bosim o‘tkazadi.
Ayni vaqtda AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarni katta farq bilan Braziliya (1,68 mln kasallangan), Hindiston (768 ming) va Rossiya (700 ming) egallamoqda.
Umuman olganda, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 12 mlndan oshdi.
Mavzuga oid
14:58
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
10:20
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
09:09
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga aloqador tankerni qo‘lga oldi
08:36