Zangiotada binolari buzilgan o‘n nafar tadbirkor kompensatsiyani yana qancha kutishi kerak?
Mutasaddilarning xatosi sabab bir yildan buyon tayyor bo‘lmayotgan hujjatlar bo‘yicha muammoni hal etish Toshkent viloyati hokimligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

26 iyun kuni Kun.uz'da «Bir yildan beri sarsonmiz» – Zangiotada 10 nafar tadbirkor ikki hokimlik o‘rtasida «koptok» qilinmoqda» nomli maqola e'lon qilingan edi.
Unda Zangiota tumanidagi Eshonguzar qo‘rg‘onida qurilayotgan istirohat bog‘i o‘rnida tadbirkorlarga tegishli noturar binolar kompensatsiya masalasi to‘liq hal qilinmasdan turib buzib tashlangani, kompensatsiya o‘rniga berilgan yerga esa bu tadbirkorlar egalik qila olisholmayotgani aytilgandi.
Ushbu tadbirkorlar tahririyatimizga qayta murojaat qilishdi. Ularning ma'lum qilishicha, oradan 1 oydan oshiq vaqt o‘tganiga qaramay hamon muammo hal etilmagan.
Vaholanki, Zangiota tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jasur Usmonaliyev holat yuzasidan Kun.uz'ga bergan izohida mavjud kamchiliklarni bir hafta ichida to‘g‘irlab, Toshkent viloyat hokimligiga taqdim qilishini aytib o‘tgan edi.
5 avgust kuni hokim o‘rinbosari Jasur Usmonaliyev bilan bog‘langanimizda tadbirkorlarga tegishli barcha hujjatlar tayyorlanib, viloyat hokimligiga topshirilgani, viloyatda maxsus komissiya ko‘rib chiqayotganini ma'lum qildi. Shundan so‘ng Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmatidan ham holat bo‘yicha izoh so‘radik.
«Zangiota tuman hokimligida muammo yo‘q. Ishlarni yakunlash viloyat hokimligida qolgan. Kerakli tashkilotlarga so‘rov yuborilgan va natijasi tez orada ma'lum qilinadi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati izohida.
Turgan gapki, bu javob tadbirkorlarning xavotir va tashvishlarini aritgani yo‘q. Sababi deyarli bir yildan oshibdiki, har safar murojaat qilinganda shunday mazmunda javob olinadi. Masala bir oy avval tahririyat tomonidan o‘rganilganda «bir hafta ichida hal bo‘ladi» deyilib, ammo bir oydan buyon sudralayotgani ham tadbirkorlarning bu xavotirlari o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda.
Tadbirkorlarning mulklarini noqonuniy buzgan hokimlik o‘z aybini yuvish uchun ularga kompensatsiya sifatida berilgan yerni tezroq qonuniylashtirish o‘rniga, ishni paysalga solayotganini qanday tushinish mumkin?
Ishlari to‘xtab qolgan tadbirkorlarning ahvoli bugungi karantin davrida yanada og‘irlashmoqda. Ularning ko‘rgan moddiy zarari, behuda sarflangan vaqti va boy berilgan foydasi uchun kim javob beradi?
Mulkdorlar huquqlari bu tarzda paymol etilaverar ekan, mamlakatda xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlarning huquqlari doimiy xatar ostida qolaveradi.
Rahmatillo Isroilov,
Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 13:53
-
Simulyatsiya va foydalanilmagan penalti - Masharipov va Shomurodovning Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari
Sport | 13:52
-
«Eronni yutsak, JCh-2026ga chiqish masalasini 99 foizga hal qilamiz» - Shomurodov va Masharipov muhim g‘alaba va Tehrondagi o‘yin haqida
Sport | 13:39
-
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilmoqda
O‘zbekiston | 13:36
Mavzuga oid

16:25 / 20.03.2025
Milliy tibbiyot markazida komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

13:02 / 19.03.2025
Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani rad qilindi

20:30 / 18.03.2025
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi

09:13 / 17.03.2025