Bayrutga ammiak selitrasini olib borgan kemaning taqdiri oydinlashdi
2014 yili Bayrut portiga ammiak selitrasini olib borgan Rhosus kemasining taqdiri fojiali yakunlangan.
The New York Times xabariga ko‘ra, kema 2018 yil boshida cho‘kib ketgan. Jurnalistlar sputnikdan olingan fotosuratlar, kemalar harakati haqidagi ma'lumotlarni o‘rganib, shunday xulosaga kelishgan.
Kema 2013 yili Gruziyaning Batumi portidan 2,7 ming tonna ammiak selitrasi bilan Mozambikka qarab yo‘lga chiqqan. Ximiyaviy modda Rustavi Azot L.L.C. kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Kema Bayrutga rejadan tashqari kirib borganida, texnik nosozliklar sababli politsiya tomonidan ushlangan. Sputnikdan olingan fotosuratlarga ko‘ra, 2015 yilga kelib kemada hech qanday yuk qolmagan. 2018 yil fevral oyida portning shimoliy qismida turgan kema cho‘ka boshlagan va bir necha kun ichida suv ostida g‘arq bo‘lgan.
Bayrutga yetkazilgan selitra kema cho‘kib ketgan joydan 450 metr uzoqlikdagi omborda saqlangan.
Avvalroq, Bayrutdagi juda kuchli portlashga sabab bo‘lgan ammiak selitrasi yuki xabarovsklik Igor Grechushkinga tegishli Rhosus kemasidan konfiskatsiya qilingani, so‘ngra tadbirkor bankrot bo‘lib, kemani tashlab ketgani, uning bortida ishlayotgan rossiyalik va ukrainalik dengizchilar esa 1 yil davomida mamlakatda qolib ketishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo‘ldi. Natijada, shaharga juda katta zarar yetkazildi, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig‘i uylaridan mahrum bo‘ldi, 100dan ortig‘ining jasadi topildi.
Mavzuga oid
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
14:50 / 28.10.2024
Isroil Bayrut janubiga 12 ta zarba berdi
14:30 / 28.10.2024
Isroilning Bayrut janubidagi havo hujumi oqibatida uch jurnalist halok bo‘ldi
12:40 / 24.10.2024