Jahon | 20:55 / 03.09.2020
10654
1 daqiqa o‘qiladi

Bayrut portida yana bir necha tonna portlovchi kimyoviy modda topildi

Livan poytaxti Bayrut portida yana 4 tonna ammiak selitrasi (ammoniy nitrati) solingan qoplar topildi. Aynan ushbu kimyoviy modda portdagi kuchli portlashga sabab bo‘lgandi. Bu haqda MTV Lebanon telekanali xabar berdi. 

Foto: EPA

Telekanal manbalarining ma'lum qilishicha, bojxona xizmatlari portda bu qoplar borligidan bexabar bo‘lgan

Kimyoviy modda topilgandan keyin harbiylar uni yo‘q qilish uchun tezkor choralar ko‘rgan.

4 avgustda Bayrut portida yuz bergan portlashga portda xavfsizlik qoidalariga zid ravishda saqlangan 2750 tonna selitraning detonatsiya qilishi sabab bo‘lgan.

Portlash ishi yuzasidan 19 nafar amaldor, jumladan port direktori Hasan Kraytam va bojxona xizmati boshlig‘i Badri Dohir hibsga olingan. Ta'kidlanishicha, ko‘plab talafotlar va qurbonlarga olib kelgan ushbu fojia uchun javobgar shaxslarga o‘lim jazosi chiqarilishi mumkin. 

Mavzuga oid