O‘zbekiston | 13:47 / 06.09.2020
14457
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati prokuraturasi tergovchisi koronavirusdan vafot etdi

Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Turg‘un Jumanovich Kamalov vafot etdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoasi uning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etgan.

O‘zA aniqlangan ma'lumotlarga ko‘ra, marhum T.Kamalovda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.

Ma'lumot uchun, bungacha Samarqand viloyatining ikki tumani prokurorlari - Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov hamda Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xo‘jayev koronavirus tufayli vafot etgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining sobiq prokurori, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Hakimbay Ashirovich Xalimov ham koronavirus qurboniga aylangan.

Mavzuga oid