AQŞ Davlat departamenti 2022 moliya yili uçun Turli millat vakillari dasturiga (DV-2022) arizalar qabuli 2020 yil 7 oktyabrdan boşlanişini e'lon qildi.
Arizalar 10 noyabrga qadar, dvlottery.state.gov portali orqali qabul qilinadi. Lotereyada iştirok etiş uçun ariza qoldiriş mutlaqo bepul.
Natijalar 2021 yil 8 may kuni yuqoridagi saytda e'lon qilinadi.
Lotereyada ğolib deb topilib, keyingi jarayonlardan muvaffaqiyatli ötganlar 2022 yilda AQŞga köçib ötişi mumkin böladi.
Bu gal ham DV dasturi orqali 55 mingtagaça immigratsiyaviy viza berilişi közda tutilgan.
Özbekiston fuqarolaridan xorijga çiqiş biometrik pasportiga ega böliş va anketa töldirayotganda uşbu pasport ma'lumotlarini kiritiş talab etiladi.
Barça nomzodlar eng kamida örta ta'limni tamomlagan bölişi yoxud sönggi 5 yil davomida 2 yillik iş tajribasiga ega bölişi lozim.
Eslatma: Har bir şaxs tomonidan yoki uning nomidan faqat bitta ariza topşirilişiga ruxsat berilgan. Ariza töldirilgandan söng, tasdiqlov raqami (rasmiy nomi – Arizaçi Maqomini Tekşiriş Funksiyasi – Entrant Status Check)ga oid ma'lumotni çop etib yoki saqlab olişingiz zarur. Bu ma'lumotni zinhor taşlab yubormang! Birovga bermang! Zero bu – dastur natijasini tekşirib körişning yagona imkoniyati. Siz uçun kimdir arizani töldirib bersa, albatta bu ma'lumotni talab qiling. Yöqsa, sizga yutuq çiqqan taqdirda tovlamaçilik qilib, sizdan pul undiriş harakatiga tuşib qolişi mumkin.
AQŞ Davlat departamenti bittadan ortiq kiritilgan arizalarni aniqlaş uçun murakkab texnologiyalardan foydalanadi. Murojaatçining bittadan ortiq topşirgan arizalari dasturdan çetlatiladi.
Ariza ingliz tilida bexato töldirilişi va ilova qilinayotgan fotosurat belgilangan talablarga javob berişi kerak. Aks holda ariza lotereyaga qöyilmaydi.
Ma'lumot uçun, Diversity Visa dasturidan közlangan maqsad – AQŞga immigratsiya körsatkiçlari tarixan kam bölgan davlatlar fuqarolarini Amerikaga kelişga rağbatlantirişdan iborat. Oxirgi 5 yilda 50 mingdan köp fuqarosi AQŞga immigratsiya qilgan davlatlar fuqarolari dasturda qatnaşa olmaydi; ular qatorida Xitoy, Kanada, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Braziliya kabi mamlakatlar bor.












