Jahon | 11:20 / 18.10.2020
57607
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga “eng bardoshli“ qon guruhi ma'lum qilindi 

Birinchi qon guruhi - AB0’ga ega odamlar koronavirusga kamroq chalinishlari aniqlandi. 

Foto: NIAID-RML

Daniyalik mutaxassislar koronavirusga tekshirilgan 473 mingdan ko‘proq kishining ma'lumotlarini o‘zaro taqqoslashdi. Olingan natijalarga ko‘ra, koronavirusga musbat test topshirganlar orasida AB0 qon guruhiga ega odamlar kamroq, A (ikkinchi), V (uchinchi) va AV (to‘rtinchi) qon guruhiga ega odamlar ko‘proq bo‘lgan. Olimlar bu omilni birinchi qon guruhi organizmga viruslarni o‘tkazuvchi eritrotsitlar antigeniga ega emasligi bilan tushuntirishgan.

Yana bir tadqiqot Kanadada shifoxonada davolangan 95 nafar og‘ir bemorni qamrab olgan. Unga ko‘ra, A yoki AV qon guruhlari intensiv davolash va o‘pkani sun'iy shamollatishni talab qiluvchi kasallikning og‘ir asoratlari yuz berishi ehtimolini oshirgan.

Avvalroq Xitoy, AQSh va Eron olimlari koronavirus asoratlaridan ikkinchi qon guruhiga ega odamlar ko‘proq, uchinchi va to‘rtinchi qon guruhiga ega odamlar esa kamroq o‘lishlari haqidagi xulosaga kelishgan. Olimlar birinchi qon guruhiga ega kishilarni koronavirusga eng kam chalinuvchi deb atashgan. 

Mavzuga oid