Jamiyat | 17:57 / 19.10.2020
46278
2 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy ov uyushtirgan tuman hokimi o‘rinbosari va IIB xodimi aniqlandi

16 oktabr kuni harbiy qism chegarachilari bilan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro noqonuniy ov qilish maqsadida yurganligi aniqlandi.

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Tuproqqal'a tumanining chegaraoldi hududida tungi soat 02.00 larda, chegaraoldi hududlarida bo‘lish rejimini hamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzib, bir dona yovvoyi hayvonni otib o‘ldirgan 8 nafar fuqaro aniqlangan.

NuzJNvwot0R6ShFxI8ECGEjKvu_yFnJE.jpg (960×1280)

Kun.uz manbasiga ko‘ra, ovchilarning biri tuman hokimi o‘rinbosari, boshqasi tuman IIB mas'ul xodimi bo‘lgan.

«Huquqbuzarlardan 6ta ov quroli, 105ta o‘qdori va 4ta qarmoq ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etiladi», — deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.

Tuproqqal'a tumani hokimiyati yoxud tuman IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.

Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, noqonuniy ov uyushtirgan shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi o‘rganilmoqda. 

Mavzuga oid