12:01 / 20.10.2020
14470

YeChL qaytmoqda. «MYu» Mbappe – Neymar tandemiga qarshi, Messi uchun Ronaldu bilan farqni qisqartirish imkoniyati va kunning yana 6 to‘qnashuvi prevyusi

Yevropada seshanba oqshomidagi o‘yinlar bilan muxlislar intiqlik bilan kutgan Chempionlar ligasi bahslariga start beriladi.

Dastlabki kungi o‘yinlar ro‘yxatidan to‘rtta guruhdagi to‘qnashuvlar o‘rin olgan. Jumladan, «PSJ» - «MYu», «Chelsi» - «Sevilya», «Latsio» - «Borussiya» Dortmund singari markaziy uchrashuvlar qatorida «Barselona» va «Yuventus» ishtirokidagi o‘yinlar ham muxlislar diqqat markazida bo‘ladi. Tribuna.uz YeChL 1-tur seshanba kungi o‘yinlar prevyusi, jamoalardagi yo‘qotish va taxminiy tarkiblar hamda markaziy o‘yinlar haqida ma'lumot beradi.

«E» guruhi: «Chelsi» «Sevilya»ga qarshi

Chempionlar ligasi 1-turining eng qiziqarli o‘yinlaridan biri Londonda o‘tishi kutilmoqda. Transfer oynasida eng ko‘p (247 mln yevro) pul sarflagan «Chelsi» o‘z maydonida Yevropa ligasining amaldagi g‘olibi «Sevilya»ni qabul qiladi. O‘yin oldidan Lempard jamoasiga diskvalifikatsiyaga uchragan Markos Alonso yordam bera olmasligi aniq bo‘lsa, Mendi va Ziyoshning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.

Guruhdagi yana bir bahs Fransiyada o‘tib, «Renn» va Rossiyaning «Krasnodar» klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichida debyutlarini o‘tkazishadi. Mahalliy hokimiyat vakillari ijozati bilan shu kuni «Roazon Park» stadioniga 5000 nafar tomoshabin kirishiga ruxsat beriladi. UYeFA o‘yingohning muxlislar bilan 30 foizga to‘ldirilishiga qarshilik bildirmaydi.

 «F» guruhi: Immobile «Borussiya»ga qarshi

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Oltin butsa» uchun kechgan to‘purarlar poygasida Chiro Immobile 36ta gol bilan Robert Levandovskidan o‘zib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. 2014 yilda aynan italiyalik forvard polshalik hujumchining «Borussiya»dagi o‘rnini egallashi uchun chaqirilgan, ammo 34 o‘yinda 10ta gol kiritganidan keyin Dortmund klubi Immobile bilan xayrlashgandi. «Latsio»ning 30 yoshli goleadori bugun «Borussiya» bilan bahsda sobiq jamoasiga qarshi nimalarga qodirligini isbotlashga urinishi aniq.

 Yana bitta o‘yin Sankt-Peterburgda o‘tkazilib «Zenit» Belgiyaning «Bryugge» klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahsda Malkom maydonga tushmasa-da, Azmun-Dzyuba tandemidan ko‘p narsa kutish mumkin.

«G» guruhi: Messi Ronaldu bilan farqni qisqartira oladimi?

Ukrainada kechadigan «Dinamo» - «Yuventus» uchrashuvida kiyevliklarning 75 yoshli ustozi Mircha Luchesku rekordchiga aylanadi. Hali hech bir murabbiy bu yoshda YeChL o‘yinida jamoasini maydonga olib tushmagan. Shu kuni «Yuve» safida jamoa yulduz Ronalduning yo‘qligi Kiyev klubidagi bosimni biroz kamaytirishi mumkin.

Krishtianuning karantinda ekanligidan Messi foydalanib qolishi va YeChL to‘purarlari ro‘yxatida gollar bo‘yicha oradagi 15ta gol farqini qisqartirishi mumkin. «Barselona» «Kamp Nou»dan Sergey Rebrov murabbiyligidagi «Ferensvarosh» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Parij revansh kutmoqda. Mbappe va Neymar «MYu»ga qarshi

Manchester va Parij klublarining so‘nggi to‘qnashuvi dramatik tarzda yakunlangandi. YeChL 1/8 final bosqichida «PSJ» «MYu»ni safarda 2:0 hisobida mag‘lub etgan, Parijda esa «Yunayted» Reshfordning so‘nggi soniyalardagi goli evaziga 3:1 hisobi bilan Sulsher jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqandi. O‘sha bahsdan keyin tribunada ko‘z yosh to‘kkan Neymar va mag‘lubiyat alamini totgan Mbappe bu safar revansh olishni intiqlik bilan kutayotgani aniq.

«PSJ» singari «MYu» ham tarkibda qator yo‘qotishlarga uchragan. Kavani sobiq klubiga qarshi maydonga tusha olmaydi. Bugun Maguayr o‘rniga ilk marta Bruno Fernandesh manchesterliklarni sardorlik bog‘ichi bilan maydonga boshlaydi. Ikki jamoa so‘nggi o‘yinida o‘z chempionatida 4tadan gol urib, g‘alaba qozonganligini inobatga olsak, tomonlar bu to‘qnashuvga yaxshi kayfiyatda yetib kelishadi. O‘tgan yilgi YeChL finalchisi va Yevropa ligasi yarimfinalchisi o‘rtasidagi qarama-qarshilik kunning markaziy to‘qnashuviga mos darajada o‘tishini taxmin qilsa bo‘ladi.

Chempionlar ligasi. 1-tur.

1-tur. 20 oktabr (seshanba)

«Ye» guruhi
«Chelsi» - «Sevilya»
O‘yin boshlanish vaqti:
23:59
TV-translatsiya: «Futbol TV»

«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Tyago Silva, Zuma, Chiluell; Jorjino, Kante; Pulishich, Havers, Maunt; Verner
O‘ynamaydi: Markos Alonso (diskvalifikatsiya), Mendi (jarohat), Gilmor (jarohat)
So‘roq ostida: Ziyosh (jarohat), Mendi (og‘riq)
«Sevilya»: Bunu; Navas, Gomes, Karlos, Akunya; Fernando, Rakitich, Xordan; Okampos, Suso, de Yong
O‘ynamaydi: Kunde (betob)
So‘roq ostida: Eskudero (jarohat), Idrissi (noma'lum)

«Renn» - «Krasnodar»
O‘yin boshlanish vaqti:
23:59
TV-translatsiya: «Match TV»

«Renn»: Gomis; Traore, da Silva, Agerd, Dalbert; N'Zonzi, Kamavinga, Dokyu, Burijo, Terre; Girassi
O‘ynamaydi: Mauassa (jarohat), Lea Siliki (jarohat)

«Krasnodar»: Safonov; Petrov, Martinovich, Kayo, Kristian Ramires; Utkin, Gazinskiy, Vilena; Klasson, Berg, Suleymanov
O‘ynamaydi: Ari (jarohat), Vanderson (jarohat), Stotskiy (jarohat), Kabella (betob), Markov (betob)

«F» guruhi

«Zenit» - «Bryugge»
TV-translatsiya:
«Match TV»
O‘yin boshlanish vaqti: 21:55

«Zenit»: Kerjakov; Karavayev, Lovren, Rakitskiy, Jirkov; Yeroxin, Ozdoyev, Barrios, Kuzyayev; Azmun, Dzyuba
O‘ynamaydi: Duglas Santos (diskvalifikatsiya), Malkom (jarohat)

«Bryugge»: Xorvat; Sobol, Rikka, Mexele, Mata; Balanta, Vanaken, Vormer, Rits, Lang; Dyatta
O‘ynamaydi: Minole (betob), Kossunu (betob), Krmenchik (betob), Mitrovich (jarohat), Deli (diskvalifikatsiya)

«Latsio» - «Borussiya» Dortmund
O‘yin boshlanish vaqti:
23:59

Latsio»: Strakosha; Patrik, Acherbi, Luis Felipe; Marushich, Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Luis Alberto, Fares; Korrea, Immobile
O‘ynamaydi: Latssari (jarohat), Radu (jarohat), Pereyra (shamollash)
So‘roq ostida: Kataldi (betob), Luis Felipe (jarohat)

«Borussiya»: Byurki; Pishek, Xummels, Dileyni; Mene, Bellingem, Vitsel, Gerreyru; Roys; Sancho, Holand
O‘ynamaydi: Akanji (betob), Jan (diskvalifikatsiya), Shmelser (jarohat), Shuls (jarohat), Zagadu (jarohat)
So‘roq ostida: Pishek (ko‘z jarohati)

«G» guruhi

 «Dinamo» Kiyev - «Yuventus»
O‘yin boshlanish vaqti:
21:55
TV-translatsiya: «Futbol TV»

«Dinamo» K: Bushan; Kendzera, Zabarniy, Popov, Mikolenko; Sidorchuk, Shaparenko; Tsigankov, Buyalskiy, de Pena; Supryaga
O‘ynamaydi: Timchik (jarohat)

«Yuventus»: Shesni; Danilo, Bonuchchi, Kellini; Kuadrado, Rabo, Bentankur, Remzi, Kulusevski; Morata, Dibala
O‘ynamaydi: de Lixt (yelka), Ronaldu (karantin), Makkenni (karantin), Aleks Sandro (jarohat)
So‘roq ostida: Remzi

«Barselona» - «Ferensvarosh»
O‘yin boshlanish vaqti:
23:59

«Barselona»: Neto; Dest, Pike, Langle, Xunior Firpo; Pyanich, de Yong, Messi, Koutino, Fati; Grizmann
O‘ynamaydi: Alba (jarohat) ter Stegen (tiklanish jarayoni)
So‘roq ostida: Yumtiti (noma'lum)

«Ferensvarosh»: Dibus; Lovrenchich, Blajich, Kovachevich, Chivich; Shiger, Xaratin, Somalia; Zubkov, Isael, Nguen

«H» guruhi

 «Pari Sen-Jyermen» - «Manchester Yunayted»
O‘yin boshlanish vaqti:
23:59
TV-translatsiya: «UzReportTV»

«PSJ»: Navas; Florensi, Markinos, Kimpembe, Kyurzava; Errera, Danilu, Rafinya; Di Mariya, Mbappe, Neymar
O‘ynamaydi: Bernat (jarohat), Ikardi (jarohat), Kerer (jarohat), Paredes (jarohat), Verratti (jarohat)
So‘roq ostida: Draksler (jarohat), Markinos (og‘riq)

«MYu»: de Xea; Uan-Bissaka, Lindelef, Tuanzebe, Shou; Matich, Pogba, Mata, Brunu Fernandesh, Reshford; Marsyal
O‘ynamaydi: Maguayr (noma'lum), Grinvud (jarohat), Kavani (sport formasida emas), Bayi (jarohat), Lingard (jarohat)
So‘roq ostida: Tuanzebe (jarohat)

 «Leypsig» - «Istambul Bashakshexir»
O‘yin boshlanish vaqti:
23:59

«Leypsig»: Gulachi; Orban, Upamekano, Xalstenberg; Myukile, Kampl, Adams, Anxelino; Olmo, Forsberg; Poulsen
O‘ynamaydi: Zabitser (jarohat), Laymer (jarohat), Klostermann (jarohat), Xartmann (jarohat), Aydara (betob)

«Istambul»: Mert Gyunok; Rafael, Shkrtel, Yepuryanu, Bolingoli; Irfan Qahvechi, Mahmud Tekdemir, Aleksich, Vishcha; Krivelli, Ba
O‘ynamaydi: Okechukvu (noma'lum), Shadli (jarohat), Kaldirim (noma'lum).

YeChL. 1-tur. 21 oktabr (chorshanba)

«A» guruhi

Zalsburg (Avstriya) - Lokomotiv (Rossiya)
Bavariya (Germaniya) - Atletiko (Ispaniya)

«B» guruhi

Real (Ispaniya) - Shaxtyor (Ukraina)
Inter (Italiya) - Borussiya (M, Germaniya)

«S» guruhi

Manchester Siti (Angliya) - Portu (Portugaliya)
Olimpiakos (Gretsiya) - Marsel (Fransiya)

«D» guruhi

Ayaks (Niderlandiya) - Liverpul (Angliya)
Mityulland (Daniya) - Atalanta (Italiya).

 Usmon Ibodov tayyorladi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top