YeOII bilan hamkorlik bo‘yicha 2021 yilga oid «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi
Akmal Saidov boshliq ishchi guruh YeOII bilan hamkorlik qilishning huquqiy asoslarini o‘rganadi. Shuningdek, milliy texnik tartibga solish me'yorlarini tashkilot talablariga moslashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Foto: eurasia.expert
25 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ishchi guruhning asosiy maqsadi YeOIIga a'zolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, boshqa xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan aloqalarga ta'sirini o‘rganib chiqishdan iborat bo‘lib, ishchi guruhga rahbar sifatida Akmal Saidov belgilangan.
Yig‘ilishda tashkilotga a'zo mamlakatlar bozorlarida to‘liq ishtirok etishning huquqiy asoslarini o‘rganish, milliy texnik tartibga solish me'yorlarini tashkilot talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi ta'kidlangan. Shuningdek ,tashkilot bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan.
Ma'lumot uchun, 2020 yil 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklidagi sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari Doniyor To‘rayev O‘zbekistonning kuzatuvchi davlat sifatida YeOII bilan hamkorligi O‘zbekistonga hech qanday huquqiy majburiyatlar yuklamasligini va tashkilotga a'zo bo‘lish majburiyati yo‘qligini ma'lum qilgandi.
Gaydar forumida RF bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk «Biz O‘zbekistonni Ittifoq a'zosi sifatida ko‘rishga ishonamiz va barcha a'zolar bunda ko‘mak beradi. Rossiya ham bu masalada O‘zbekistonga yordam beradi», – deya ta'kidlagan edi.
Avvalroq, YeOII texnik reglament talablarini qabul qilish, YeOII mamlakatlarida qabul qilingan 26ta texnik reglamentlar asosida maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilayotganligi haqida ma'lumot berilgandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gretsiyada birinchi marta robotlar olimpiadasi o‘tkaziladi
Fan-texnika | 17:01
-
FLAVIS - Yangi ta’m, yangi did, yangi bosqich
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi
Jahon | 16:41
-
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi
Jahon | 16:38
Mavzuga oid

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi

14:38 / 07.11.2024