UzAuto Motors xaridorgir avtomobillar uchun shartnoma berishni 3 martdan qayta tiklaydi
O‘zbekistonda 3 martdan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish uchun shartnoma berish jarayoni qayta tiklanadi. Bu haqda Asakadagi avtozavodga uyushtirilgan press-tur davomida UzAuto Motors mas'ullari tomonidan ma'lum qilindi.
«UzAuto Motors 3 martdan boshlab mijozlarga kompaniyaning eng xaridorgir modellari hisoblangan Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish jarayonini qayta boshlaydi», deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Shu yilning fevral oyi boshida Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish uchun shartnomalar berish vaqtincha to‘xtatilgani ma'lum bo‘lgandi. Bu UzAuto Motors dilerlari shartnomalar va avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha yangi boshqaruv tizimiga o‘tayotgani bilan izohlangandi.
Mavzuga oid
11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
07:35 / 14.11.2024
Minor masjidi qarshisida Spark va Captiva to‘qnashdi
08:50 / 24.09.2024
Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi
10:34 / 23.09.2024