Germaniyalik o‘smir 2021 yilning eng yosh milliarderi deb tan olindi
Forbes nashri talqiniga ko‘ra, 2021 yilda dunyodagi eng yosh milliarder 18 yoshli germaniyalik Kevin Devid Lemann bo‘ldi. U o‘z otasi Gyunter Lemanndan Drogerie Markt dorixonalar tarmog‘ining 50 foizini meros qilib oldi.
Business Insider’ning yozishicha, Gyunter Lemanning boyligi 3,3 mlrd dollarga baholanadi. U o‘g‘li 14 yosh bo‘lganda unga biznesidagi ulushini bergan. Biroq Kevin balog‘at yoshiga yetmaguncha o‘z ulushini o‘zi istagancha boshqara olmagan. Endi esa u rasman Drogerie Markt dorixonalar tarmog‘ining 50 foizini meros qilib oldi.
Drogerie Markt 1974 yilda tashkil etilgan va hozirda Germaniyadagi yetakchi dorixonalar tarmog‘i hisoblanadi. Kompaniya saytida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, tarmoq 2 mingdan ko‘proq dorixonaga ega va unda 40 mingdan ko‘proq odam ishlaydi.
Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, ota-bola kompaniya boshqaruvida faol ishtirok etmaydi va oshkora hayot tarzi olib bormaydi. Business Insider ulardan izoh olishning uddasidan chiqmagan.
2021 yilning eng yosh milliarderlari ro‘yxatida 2-o‘rinni Van Tszelong egalladi. 24 yoshli xitoylikning boyligi 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda. 3- va 4-o‘rinlarni norvegiyalik opa-singil – 24 va 25 yoshli Aleksandra va Katarina Andresen egallamoqda. Ulardan har birining boyligi 1,4 mlrd dollarni tashkil qiladi. Ular Ferd oilaviy kompaniyasida ulushga ega.
Forbes ro‘yxatiga boyligi 1 mlrd dollardan ko‘proq odamlar kiritiladi. Nashrning yangi reytingiga ko‘ra, hozirda dunyoda har qachongidan ko‘proq milliarder bo‘lib, ular 2755 nafarni tashkil qilmoqda. Dunyo milliarderlarining boyligi bir yil ichida 8 trln dollarga ko‘payib, hozirda 13,1 trln dollarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
17:20 / 10.12.2024
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi
23:45 / 09.12.2024
Hindistonlik milliarderlarning umumiy boyligi 905 mlrd dollardan oshdi
18:28 / 04.12.2024
Italiya avstriyalik milliarder Rene Benkoni hibsga olishga order berdi
21:33 / 24.11.2024