20-26 aprel kunlari 28 ta davlat o‘quvchilari o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkazilgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 7ta medal olgani ma'lum qilingan edi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda Fan olimpiadalari g‘oliblari qanday rag‘batlantiriladi? Xalq ta'limi vazirligi olimpiada g‘oliblari va ularning ustozlariga beriladigan mukofot pullari va ustamalar haqida ma'lumot berdi.

2019 yil 3 maydagi «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq fan olimpiadalari g‘oliblarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etilgan.

Qarorga ko‘ra quyidagi fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO);  
  • Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO);
  • Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO);
  • Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO);
  • Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI).

Ushbu olimpiadalarning dastlabki uch o‘rnini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlari quyidagi mukofot pullari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 mln. so‘m), o‘qituvchisiga – 450 baravar (110,25 mln. so‘m);
  • 2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 mln. so‘m), o‘qituvchisiga – 250 baravar (61,25 mln. so‘m);
  • 3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar