07:07 / 12.06.2021
2703

Buxoro viloyati hokimining sayyor qabuli 11 soat davom etdi

Kecha, 11 iyun kuni Buxoro neft va gaz sanoati kollejida viloyat hokimi Botir Zaripovning jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro shahar va bir qancha tumanlardan fuqarolar turli xil murojaatlar bilan kelishdi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, 11 soat davom etgan bu galgi qabulda uy-joy qurish uchun yer ajratish, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta'minotidagi muammolarga aloqador 372 ta murojaat qabul qilingan. 
 
Fuqarolarning 187 nafarini shaxsan viloyat hokimining o‘zi qabul qilib, suhbatlashgan. Viloyat sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot-mussasalar mutasaddilari, deputatlar ishtirokida kechgan sayyor qabulda aholining tezkor yechim topishi zarur bo‘lgan ko‘plab masalalar shu yerning o‘zida hal qilingan.

Mavzuga oid
Top