17:46 / 01.07.2021
39791

ZTE “aqlli” futbolka chiqardi

Futbolka nafas olish jarayonini tahlil qiladi, elektrokardiogramma qiladi, ter ajralishi va mushaklar faolligini qayd etadi.

Foto: ZTE

ZTE kompaniyasi YouCare deb nomlangan futbolkani namoyish etdi. U inson organizmidagi muhim biologik jarayonlarni qayd etadi va 5G tarmog‘i orqali uzatadi, deb yozadi Gizmochina.

 Ma'lumot berilishicha, YouCare tekstildan tayyorlangan va uni yuvish mumkin. 

 Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, unga polimerdan tayyorlangan uzatkichlar o‘rnatilgan.

Futbolka nafas olish jarayonini tahlil qiladi, elektrokardiogramma qiladi, ter ajralishi va mushaklar faolligini qayd etadi.

Olingan ma'lumot raqamli shaklga o‘tkaziladi va smartfon yoki aqlli soatga uzatiladi.

Mavzuga oid
Top