XVJ dunyo mamlakatlariga 650 mlrd dollar mablag‘ni taqsimlab bermoqchi
Ushbu mablag‘lar mamlakatlarning pandemiyadan so‘ng tiklanishi uchun ajratiladi. Bu XVJ tarixidagi eng yirik mablag‘ taqsimlanishidir.
Xalqaro valuta jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasi davlatlar o‘rtasida 650 mlrd dollar mablag‘ni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ushbu mablag‘lar mamlakatlarning pandemiyadan so‘ng tiklanishi uchun ajratiladi. Agar ushbu qaror XVJ kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bo‘lsa, pullar yoz oxirigacha o‘tkaziladi, deb xabar berilmoqda XVJ saytida.
XVJning taqsimotchi direktori Kristalina Georgiyevaning ta'kidlashicha, mablag‘lar avgust oxirigacha taqsimlanadi.
Ajratilgan mablag‘lar barcha a'zo mamlakatlarning likvidligi va rezervlari oshishiga, ishonch mustahkamlanishi va jahon iqtisodiyoti barqarorligiga yordam beradi, deya qayd etiladi XVJ tomonidan.
Mavzuga oid
21:14 / 05.06.2023
Xalqaro valuta jamg‘armasi rahbari O‘zbekistonga keladi
12:54 / 29.04.2023
XVJ: Rossiya iqtisodiyoti g‘arb sanksiyalariga kutilganidan ko‘ra chidamliroq bo‘lib chiqdi
09:29 / 12.04.2023
XVJ global yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini pasaytirdi
08:19 / 01.04.2023