Vazirlar Mahkamasi apparatida yangi kotibiyat tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vazirining funksional vazifalari, Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Hujjat Prezidentning «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kotibiyatga Bosh vazir rahbarlik qiladi.
Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziriga bo‘ysunadi, uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- turizmni jadal rivojlantirish sohasida:
- 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ‘ib qilish choralarini ko‘rish;
Konsepsiyaga muvofiq belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta'minlash:
- turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me'yor va standartlarni implementatsiya qilish;
- turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni ta'minlash;
- transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni ta'minlash;
- turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni ta'minlash;
- turizm faoliyati sub'yektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta'minlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilishni ta'minlash, mamlakatning imijini mustahkamlash va boshqalar;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:
- mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish;
- har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.
Kotibiyatga quyidagi vazifalar ham yuklatilgan:
- madaniyat va san'atni, kino san'ati va sanoatini rivojlantirish;
- OAVni yanada rivojlantirish;
- «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024