20:44 / 06.08.2021
6058

Germaniya suv toshqinlaridan keyingi tiklash ishlari uchun 10 mlrd yevro sarflaydi

Iyul o‘rtalarida Germaniya g‘arbi va janubi-g‘arbida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat natijasida 180dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi, 750dan ortiq kishi jabrlandi.

Germaniyadagi suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan regionlarga ajratilgan yordam miqdori 10 mlrd yevroni tashkil etadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Der Spiegel nashri xabar berdi.

Mablag‘ regionlar va federal hukumatga teng miqdorda ajratiladi. Zarurat tug‘ilsa, yordam miqdori oshirilishi mumkin. 

Iyul o‘rtalarida Germaniya g‘arbi va janubi-g‘arbida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat natijasida 180dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi, 750dan ortiq kishi jabrlandi.

Germaniyada 2013 yilda yuz bergan suv toshqinlaridan so‘ng toshqinlar oqibatlarini bartaraf etish uchun 8 mlrd yevro mablag‘ ajratilgandi.

Mavzuga oid
Top