20:47 / 07.08.2021
15360

Juzjon viloyati toliblar nazoratiga o‘tdi

Hukumat kuchlari viloyat markazi Shibirg‘on shahridan 15 kilometr masofaga chekingan. 

Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati to‘laligicha «Tolibon» harakati nazoratiga o‘tdi. Bu haqda Juzjon gubernatori o‘rinbosari Abdul Qodir Maliyga tayanib Pajhwok Afghan News agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat kuchlari viloyat markazi Shibirg‘on shahridan 15 kilometr masofaga chekingan. 

Bundan tashqari, agentlik manbasining xabar qilishicha, Juzjon qamoqxonasi boshlig‘i polkovnik Munavvar Umariy o‘ldirilgan.

Avvalroq toliblar Shibirg‘on shahri ustidan nazorat o‘rnatgani haqida xabar qilingandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top