17:35 / 19.08.2021
7143

Bayden AQSh uchun Afg‘onistondan ko‘ra Suriya va Sharqiy Afrika xavfliroq ekanligini aytdi

«Xavfsizligimiz kafolatlangan deyish uchun Suriyadagi harbiylarimiz yetarlicha emas», - dedi AQSh prezidenti.

Foto: EPA/Vostock-photo

AQSh uchun Afg‘onistondan ko‘ra Suriya va Sharqiy Afrikadan keladigan terrorchilik tahdidlari xavfliroq. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

«AQSh uchun Suriyadan ancha jiddiy xatar mavjud. Sharqiy Afrikadan yanada jiddiy xatar bor. Afg‘oniston tog‘laridan keladigan xavfdan ko‘ra boshqa joylardan keladigan jiddiy xatarlar mavjud», — dedi u.

«Xavfsizligimiz kafolatlangan deyish uchun Suriyadagi harbiylarimiz yetarlicha emas», — dedi AQSh prezidenti.

AQSh va NATO Afg‘onistondagi harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaganidan so‘ng mamlakatda «Tolibon» harakati faollashdi. Harakat a'zolari 15 avgust kuni Afg‘onistondagi hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishdi.

Mavzuga oid
Top