Samarqandda mast holda kelib IIB xodimlarining faoliyatiga aralashgan shaxsga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat haqida viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 sentyabr kuni soat 23:45larda Samarqand shahar Go‘ro‘g‘li ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan xodimlar yoniga, shu ko‘chada yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan D.Muhiddin mast holatda kelib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, jamiyatda o‘rnatilgan tartib qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashgan.
Shundan so‘ng mazkur fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib borish davomida, u xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Holatga D.Muhiddinning yaqinlari ham qo‘shilib uni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.
Qayd etilishicha, holat qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, D.Muhiddinga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Fuqaroning harakatlariga nisbatan sud organlari tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
14:25 / 06.07.2022
IIBBga “Zo‘r TV” joylashgan hudud minalashtirilgani haqida xabar kelib tushdi
14:12 / 06.06.2022
Samarqandda «Elektroshoker voqeasi» takrorlanmasligi uchun yangi choralar ishlab chiqildi
21:21 / 30.05.2022
Hukumat organ xodimlarining tasvirini g‘arazli niyatda internetga joylaganlarni jarimaga tortish va qamashni taklif qilmoqda
18:23 / 28.05.2022