Samarqandda joriy yilda qarzdorligi tufayli 405 nafar jismoniy shaxs va 109 ta mashinaga qidiruv e'lon qilingan
Samarqand viloyatida joriy yil 9 oy davomida qarzdorligi tufayli 405 nafar jismoniy shaxs va 109 ta avtotransport vositasiga qidiruv e'lon qilingan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, MIB Samarqand viloyati tomonidan joriy yil 9 oy holatiga 405 nafar jismoniy shaxsga qarzdorligi tufayli qidiruv e'lon qilingan. Qidiruv bo‘limi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida ulardan 313 nafari topilib, davlat ijrochilariga topshirilgan va tegishli javobgarlik masalasi hal etilgan.
Qolgan 92 nafar qidiruvdagi qarzdor shaxsning 65 nafari xorijga, shundan 55 nafari Rossiyaga, 5 nafari Turkiyaga, 3 nafari Qozog‘istonga, 1 nafari Isroilga va 1 nafari AQShga ishlash maqsadida chiqib ketgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, xorijda yurgan 65 nafar qarzdor jismoniy shaxsdan 58 nafari «Minsk konvensiyasi»ga asosan xalqaro qidiruvga berilgan. Qolgan 27 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.
Ta'kidlanishicha, qidiruvda bo‘lgan 109 ta avtotransport vositasidan 89 tasi mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida topilgan. Qolgan 20 tasini topish bo‘yicha qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
17 mingga yaqin samarqandlik aliment to‘lamagani sabab chet elga chiqishga vaqtincha taqiq qo‘yilgan
Mavzuga oid
12:18 / 08.12.2024
Samarqandda qarovsiz qolgan 14 yoshli qiz vaqtincha qarindoshlari qaroviga topshirildi
14:26 / 28.11.2024
Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
14:19 / 28.11.2024
Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
09:18 / 17.11.2024