Samarqandda avtobus haydovchisi yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlandi
Samarqand | Kun.uz Telegram-kanalida Samarqand shahrida avtobus haydovchisi yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘yib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, qoidabuzar haydovchi topilib, unga chora ko‘rilgan.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 14 oktyabr kuni soat 11:30larda Samarqand shahrining Amir Temur ko‘chasida Isuzu rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.
Qayd etilishicha, avtobus haydovchisi qoidalarni qo‘pol tarzda buzib, avariya holatini yuzaga keltirgan paytda uning ichida yo‘lovchilar bo‘lgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilgan va avtobus haydovchisining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Tekshirish davomida haydovchi avtobusni tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurgani, shuningdek transport vositasiga qo‘shimcha ovoz kuchaytirgich o‘rnatib olgani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtobus jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
21:07 / 28.12.2024
Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
09:10 / 27.12.2024
Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
08:45 / 20.12.2024