Dunyo bo‘yicha hibsga olingan jurnalistlar soni rekord ko‘rsatkichga yetdi
Qayd etilishicha, eng xavotirli vaziyat Xitoy, Myanma va Belarusda kuzatilmoqda. Bu mamlakatlarda 212 nafar OAV xodimi panjara ortida saqlanmoqda.
2021 yilda ommaviy axborot vositalarining hibsga olingan xodimlari soni o‘tgan yildagiga nisbatan 20 foizga oshdi va rekord darajaga yetdi. Bu haqda «Chegarasiz muxbirlar» tashkiloti hisobotida aytilmoqda.
Hisobotga ko‘ra, 1 dekabr holatiga dunyo bo‘yicha kamida 488 nafar jurnalist, jumladan, 60 nafar ayol o‘z faoliyati tufayli hibsga olingan.
Qayd etilishicha, eng xavotirli vaziyat Xitoy, Myanma va Belarusda kuzatilmoqda. Bu mamlakatlarda 212 nafar OAV xodimi panjara ortida saqlanmoqda. Vetnam va Saudiya Arabistoni ham qo‘shib hisoblanganda, dunyodagi barcha hibsga olish holatlarining 59 foizi ana shu besh mamlakatga to‘g‘ri keladi.
Hozirda 65 nafar jurnalist o‘g‘irlab ketilgan deb hisoblanmoqda. Bu boradagi deyarli barcha holatlar Suriya, Iroq va Yamanda yuz bergan.
Faoliyati vaqtida 46 nafar OAV xodimi halok bo‘lgan – bu 2003 yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. Jurnalistlar hayoti uchun eng xavfli mamlakatlar sifatida Meksika, Afg‘oniston, Yaman va Hindiston ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
15:00 / 21.12.2024
Kun.uz'ning YouTube'dagi obunachilari soni 3 milliondan oshdi
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
16:46 / 26.08.2024