O‘zbekiston | 18:58 / 20.12.2021
24072
2 daqiqa o‘qiladi

“Yosh yigitcha siyosatni gapirganida kulishgandi” - SUBYEKTIV'da Amirxon Umarov bilan suhbat

12 yoshidayoq teleradiokompaniyada shovqin ko‘targan bolakay bugun ekranlar orqali har bir xonadonda “mehmon” bo‘lmoqda. SUBYEKTIV loyihasi bu gal minglab yosh jurnalistlarning kumiri – Amirxon Umarov bilan suhbat uyushtirdi.

Bir necha o‘n yillar davomida O‘zbekistonda milliy telekanallar sonini sanash uchun bir qo‘lning barmoqlari yetarli edi.

Oxirgi yillarda esa xususiy telekanallar ham paydo bo‘lib, ularning soni bir necha barobarga ortdi. To‘g‘ri, davlat telekanallari soni ham keskin ortgan, biroq xususiy kanallar ko‘p yo‘nalishlarda MTRKdagi raqobatchilarini sezilarli ortda qoldirmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek televideniyesidagi trendlarni bugun aynan xususiy telekanallar belgilayapti. Aynan ulardagi raqobat va so‘z erkinligi bo‘yicha vaziyat birmuncha yaxshilanishi fonida televizion jurnalistlarning yangi avlodi shakllana boshladi.

Bu avlodning eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri – Amirxon Umarov.

“Markaziy studiya” boshlovchisi sifatida xalq mehrini qozongan Amirxon keyinchalik o‘ndan ortiq boshqa loyihalarning bevosita tashkilotchisiga aylandi, o‘z jurnalistik kurslariga asos soldi. Bugun jurnalistika universitetida o‘qiyotgan, televizion boshlovchi bo‘lish istagidagi aksariyat talabalar uchun Amirxon Umarov – kumir.

SUBYEKTIV loyihasining navbatdagi soni 26 yoshli muvaffaqiyatli jurnalistning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlanadi.

Biz Amirxondan televizion jurnalistika, senzura, odamlarning shaxsiy muammolarini omma oldida muhokama qilish, suratga olgan seriallari va oyiga qancha daromad topishi haqida so‘radik.

Suhbatimizda 7 ming dollar sarflanib yopilib ketgan loyiha, YouTube'dagi “Gradus shou” va karantin mavzusidagi shou paytida ro‘y bergan uzilish haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.

Mavzuga oid