Jamiyat | 14:56 / 31.12.2021
8225
2 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chaga navbatga qo‘yish, xorijga chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni aniqlash va yana uchta xizmatdan telefon orqali foydalanish mumkin

Davlat xizmatlari agentligining xabar berishicha, 5 turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD so‘rovi yordamida foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Xususan, mobil telefon orqali USSD so‘rovi yordamida bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, ijro holati bo‘yicha qarzdorlikni, kadastr obektiga va xorijga chiqishga taqiqni aniqlash, tadbirkorlar ma’lumotlarini avtomatik tarzda, hech qanday navbatda turmasdan hamda ariza topshirmasdan olishi mumkin.

“Buning uchun telefon orqali *1148# USSD so‘rovini yuborish va menyudan kerakli xizmat turini tanlash kifoya. So‘rov narxi 49 so‘mni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.

Agentlik ushbu yangilik sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgani, taqdim etiladigan xizmatlar soni bosqichma-bosqich oshirib borilishini eslatgan.

Avvalroq sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar bundan buyon davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali berilishi, farzandli bo‘lgan fuqarolar bitta ariza berish evaziga bir nechta xizmatdan biryo‘la foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, ya’ni bola tug‘ilganda birdaniga poliklinikaga hisobga olinishi, bog‘chaga joylashtirish uchun ro‘yxatga qo‘yilishi, propiska qilinishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid