Toshlar orasidagi qishloq - Sangardak | Manzil
Sodda va samimiy insonlar haqida hikoya qiluvchi «Manzil» loyihasi bu gal Surxondaryoning Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak qishlog‘iga bordi.

To‘g‘risi, qishloq biz kutgandan ancha chiroyli, odamlari mehmondo‘st, kimni ko‘rmang, keling, mehmon qilay, deydi. Sangardakning olmasi va noki ayniqsa bir umrga yodda qoldi. Qishloqda hammada bog‘ bor. Qishloq joylashuvi, havosi va suvining tozaligidanmi, mevalari ham tilni yoradigan darajada shirin ekan.
Bu safar jamoamizni to‘y munosabati bilan nahorgi oshga taklif qilishdi. Kanalimiz kuzatuvchilari orasida nahorgi oshni sog‘inganlar topilsa kerak.
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal, deyishadi-ku. Ko‘rsatuv davomida to‘y oshi, ajoyib sharshara va hazilkash otaxonlar bilan bo‘lgan suhbatdan bahramand bo‘ling.
Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025