10:56 / 05.02.2022
7549

Edu Branding – O‘zbekistonda eng yaxshi ta’lim brendlari aniqlanmoqda

Eduon loyihasi va Oliygoh.uz ta’lim platformasi O‘zbekistonda Edu Branding – Eng yaxshi ta’lim brendi tanlovini e’lon qildi.

Tanlovi tashkilotchilari – Eduon va Oliygoh.uz

Tanlovdan maqsad – O‘zbekistonda xususiy ta’lim salohiyatini oshirish, ta’lim sohasidagi eng yaxshi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish.

Tanlov g‘oliblari onlayn ovoz berish natijalariga asosan aniqlanadi. Nomzodlarga ushbu havola orqali ovoz berishingiz mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:

  • Eng yaxshi IT-maktab;
  • Eng yaxshi biznes maktab;
  • Eng yaxshi xususiy oliygoh;
  • Eng yaxshi o‘quv markaz (fanlar);
  • Eng yaxshi chet tillari o‘qitish markazi;
  • Eng yaxshi ta’lim nashriyoti va kitob do‘koni;
  • Eng yaxshi konsalting markazi (xorijda ta’lim).

Tanlov 1 fevraldan 1 martgacha davom etadi. Ovoz berish 1 mart kuni 18:00 da to‘xtatiladi.

G‘oliblar “MFaktor” biznes maktabida tashkil etiladigan EduOn ta’lim forumida tantanali ravishda taqdirlanadi. Batafsil ma’lumotlar (tanlov nizomi) bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top