18:19 / 07.02.2022
27886

Kaluga oblastida migrantlarga qator sohalarda ishlash taqiqlandi

Region gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, migrantlarga beriladigan patentlar soni ham cheklanadi.

Foto: TASS

Rossiyaning Kaluga oblasti gubernatori Vladimir Shapsha migrantlarga qator sohalarda ishlash taqiqlanganini ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, yaqin vaqt ichida xorij fuqarolarining umumiy ovqatlanish, transport va chakana savdo sohalarida ishlashini taqiqlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Shapsha migrantlarga beriladigan patentlar sonini cheklashni va’da qildi.

Keyinroq gubernator «Pod’yem» nashriga bergan intervyusida migrantlarning ishlashini butunlay taqiqlash to‘g‘risida gap bormayotganini aytdi. 

«Biz hamma narsani taqiqlamayapmiz. Mahalliy aholi tomonidan to‘ldirilmayotgan vakansiyalarni yopish uchun kvotalar sonini qisqartiramiz», — dedi Shapsha.

Top