15:08 / 16.02.2022
2736

Gulistonda «Moskvich-Kombi» mashinasi yonib ketdi

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, 2022 yil 15 fevral kuni soat 09:56 larda Guliston tumani "Ishonch" MFY hududidagi ochiq dala maydonida «Moskvich-Kombi» mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Oqibatda, Guliston shahrida yashovchi fuqaro V.Bayramov boshqaruvida bo‘lgan «Moskvich-Kombi» mashinasining motor va salon qismi yonib ketgan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Hodisa joyiga Guliston shahar FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:06 da yetib borgan. Soat 10:11 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat mashina yaroqsiz holga kelgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top