20:16 / 16.02.2022
16891

Tayland poytaxtining nomi o‘zgarishi mumkin

Qayd etilishicha, poytaxtning yangi nomi barcha qonun loyihalarini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya qonun loyihasini ma’qullaganidan keyin kuchga kiradi. 

Foto: Getty Images/Deejpilot

Tayland qirollik jamiyati ofisi (ORST) Bangkok shahri nomi Krung Txep Maxa Nakxon deb o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qaror tanqid qilinganidan so‘ng ORST shaharning avvalgi nomi rasmiy hujjatlarda yangi nomdan so‘ng qavs ichida ko‘rsatilishini ma’lum qildi. 

15 fevral kuni hukumat bosh vazir ofisining tegishli qonun loyihasini ma’qullagandi.

Krung Txep Maxa Nakxon — bu dunyodagi eng uzun nom sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan shahar nomining qisqartirilgani hisoblanadi. 

Poytaxtning to‘liq nomi 168 belgidan iborat bo‘lib, Krungthepmahanakhonamonrattanakosinmahintharaayuthayamahadilokphopnoppharatratchathaniburiromudomratchaniwetmahasathanamonpimanawatansathitsakkathattiyawitsanukamprasit deb aytiladi. Uning tarjimasi «Farishtalar shahri, buyuk shahar, abadiy xazina shahri, ma’bud Indra shahri, dunyoning buyuk poytaxti, to‘qqiz qimmatbaho tosh bilan siylangan, baxtli shahar, farovonlikka to‘la ulkan qirol saroyi, tangri makonini eslatuvchi joy, Indra sovg‘a qilgan va Vishvakarman tomonidan qurilgan shahar» degan ma’noni bildiradi.

Top