Samarqandda internet orqali biznes qilish niqobi ostida faoliyat yuritgan shaxslar aniqlandi
Internet tarmog‘i orqali biznes qilish niqobi ostida faoliyat yuritgan korxonaning kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. va boshqalar “L-N.S.” xususiy korxonasini tashkil etib, fuqarolarni internet tarmog‘i orqali biznes qilishga o‘rgatish niqobi ostida faoliyat yuritishgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, bu shaxslar fuqarolarga va’da qilingan mahsulotlarni yetkazib bermasdan yoki chet elga turistik sayohatlarni tashkil etmasdan jami 110 nafar fuqaroning 29 148 AQSh dollari va 349,1 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024