O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 13,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 13,2 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eksport 5,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
Eksport tarkibida mahsulotlar 5,2 mlrd dollarni, xizmatlar esa 568 mln dollarni olib kelgan.
Bundan tashqari, tashqi savdoda import hajmi 7,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda, mahsulotlar – 6,8 mlrd dollar, xizmatlar – 530 mln dollar.
Shuningdek, tashqi savdo aylanmasida saldo -1,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Bundan oldin O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilingandi.
Yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilgan. Xitoydan 1 mlrd dollarlik, Rossiyadan esa 905,2 mln dollarlik mahsulotlar import qilingan.
Mavzuga oid

14:53 / 14.02.2025
O‘zbekistonda 2024 yilda qancha egizaklar tug‘ilgani ma’lum qilindi

13:59 / 09.02.2025
O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar ma’lum qilindi

18:05 / 06.02.2025
2024 yilda aholi daromadlarining real o‘sish sur’ati 8,1 foiz bo‘ldi

18:33 / 04.02.2025