O‘zbekiston | 11:33 / 07.05.2022
7754
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi soddalashtirildi

Foto: Kun.uz

Hukumat qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan takroran tanlovda ham g‘olib aniqlanmagan yerlar bo‘yicha uning maydoni, ixtisosligini o‘zgartirib talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarga ochiq tanlov o‘tkazadi.

Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida taklif tushgan yerni o‘rganadi. Ilgari 5 ish kunida edi.

Shuningdek, tanlovga chiqarish uchun mo‘ljallangan yerni vakolatli organlar bilan kelishish muddati ham 5 kundan 3 kunga qisqartirildi.

Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (270 ming so‘m) miqdoridagi zakalat pulini to‘lashdan ozod etiladi. Ilgari mazkur imtiyoz faqat ijtimoiy daftarlarga kiritilganlarga tatbiq etilgan.

Mavzuga oid