11:18 / 09.06.2022
5876

O‘zbekistonda besh oyda 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi

Joriy yil o‘tgan besh oyi davomida umumiy quvvati 1 154 megavatt bo‘lgan 5 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bo‘lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, quyidagi elektr stansiyalar ishga tushirildi:

Buxoro viloyati Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

Toshkent viloyati Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi;

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;

Toshkent viloyati Qibray tumanida quvvati 230 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

Toshkent viloyati Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi;

Samarqand viloyati Nurobod tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu 6 ta elektr stansiya yiliga 9 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, qurilmalar energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 353 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Stansiyalar qurilishi davomida 3 260 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, ular ishga tushishi natijasida 445 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyati Xovos tumanida quvvati 220 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi (7-elektr stansiya) ishga tushiriladi.

Top