O‘zbekiston | 12:00 / 14.06.2022
23946
6 daqiqa o‘qiladi

Turk shifokorlaridan tavsiya: tug‘ruqni 35 yoshdan kechiktirmang

Foto: Anadolu tibbiyot markazi

Bugungi kunda ko‘plab ayollar to‘ng‘ich farzandi tug‘ilishini kechiktirishmoqda. Ammo yil sayin tuxum hujayralar soni kamayishi va tabiiyki, homilador bo‘lish ehtimoli pasayishi ilmiy isbotlangan dalil ekanini unutmaslik kerak. "Anadolu" tibbiyot markazining EKU bo‘limi boshlig‘i, reproduktiv tibbiyot bo‘yicha malakali mutaxassis doktor Tayfun Kutlu tug‘ruqqa layoqatlilikni saqlab qolish va yaqin kelajakda homilador bo‘lishni rejalashtirmagan 30 yoshdan oshgan ayollar uchun kerakli tavsiyalarni so‘zlab berdi.

Qiz bola tug‘ilganida o‘rta hisobda nechta tuxum hujayraga ega bo‘ladi?

Qiz bola tug‘ilganida taxminan 1,5-2 million tuxum hujayraga ega bo‘ladi. Balog‘at yoshiga kelib, ularning soni 300-400 mingga kamayadi. Hayz boshlanishi bilan ayollar har oyda mingga yaqin tuxum hujayrani boy bera boshlaydi. Ularning zaxirasi tugagach, menopauza davri boshlanadi.

Qanday omillar tuxum hujayraning kamayishiga olib kelishi mumkin?

Tuxumdonlar zaxirasi kamayishiga olib keladigan ko‘plab omillar mavjud: chekish va stress, yosh omili, tuxumdonlar operatsiyasi yoki saratonni davolashdagi kimyoterapiya, radioterapiya singari ayrim muolaja usullari.

Tuxum hujayralar zaxirasi qachondan boshlab tez tugay boshlaydi?

Ilgari 40 yoshdan keyin deb aytilar edi. Vaqt o‘tishi bilan bu chegara 37 yoshgacha kamaydi. Bugun biz 35 yoshdan keyin ham ayollardagi tuxum hujayralar zaxirasi tezlik bilan kamayib borayotgani va eng yomoni, ularning sifati yomonlashayotganini ko‘rmoqdamiz. O‘n yil avvalgi holat bilan solishtirganda, biz tuxum hujayralar yetishmovchiligi va erta menopauza tashxisi bilan kelgan yosh xotin-qizlarni tez-tez uchrata boshladik - ularning foizi o‘sa boshladi.

Kimlar xavf guruhiga kiradi?

Avvalo, bular noqulay oilaviy muhitdagi ayollar: oilada yaqin qarindosh (ona, xola, opa-singil)lar orasida erta menopauza holatlari aniqlanganlar. Bu ovarial zaxiralarning tez kamayib ketishiga genetik moyillikdan dalolatdir.

Shuningdek, kimyoterapiya yoki radioterapiya talab etiladigan saraton xastaligiga chalingan bemorlar ham xavf ostida bo‘ladi. Bunday holatda davolanishni boshlashdan avval tuxum hujayralar hajmini baholash va agar zarurat bo‘lsa, keyinchalik, ya’ni, homiladorlik rejalashtirilgan mahal ularni ishlatish uchun kriokonservatsiyalash (muzlatish)ni tavsiya qilamiz. Ushbu muammo tuxumdon kasalliklariga chalingan ayollarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Kista tufayli operatsiya qilinadigan bemorlar shular jumlasidandir.

Tuxum hujayralar zaxirasini qanday aniqlash mumkin?

Ultratovush yordamida tuxumdonlardagi tuxum hujayralar sonini hisoblash va bu hajm bemorning yoshiga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi, shuni aytish mumkin. Bundan tashqari, muayyan testlar mavjud: Antimyullerian gormoni (AMG), shuningdek, hayzning ikkinchi va uchinchi kunidagi FSH va E2.

Qanday zaxira yetarli hisoblanadi?

Hatto bitta tuxum hujayra ham sog‘lom bola tug‘ilishi uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Bu holatda uning sifati muhimdir. Juda kam tuxum hujayrali ayollar ham o‘z-o‘zidan homilador bo‘lishi ehtimoli baland. Biroq, albatta, ayollarning omad kulib boqishiga umid qilib, homiladorlikni kutishlari va vaqtni behuda sarflashlari to‘g‘ri emas. Chunki zaxiralar butunlay tugashi mumkin. Bugungi kunda hatto cheklangan zaxiralar bilan ham homilador bo‘lish va sog‘lom bolani dunyoga keltirishga ko‘mak beradigan ko‘plab samarali davolash usullari mavjud.

Bola tug‘ish uchun ideal yosh qaysi?

Tug‘ish uchun eng yaxshi yosh - 25-35 yosh. Garchi, ayol kishi 35 yoshdan keyin ham o‘zini yosh va faol his qilsa-da, istaymizmi-yo‘qmi, yillar davomida metabolizm sekinlashib, homilador bo‘lish qiyinlashadi. Yosh muhim omil, shuning uchun birinchi tug‘ruqni kechiktirmaslikni tavsiya qilamiz. Agar siz 35 yoshdan oshgan bo‘lsangiz va hali farzand ko‘rishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, tuxum hujayralar zaxirasini tekshirtirib, kelgusida ularni qo‘llash uchun muzlatib qo‘yishni tavsiya qilamiz.

Siz bepushtlikni davolashning eng yangi usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz va doktor Tayfun Kutludan o‘zingizni qiynayotgan muammo bo‘yicha bepul tibbiy maslahat olishingiz mumkin. Buning uchun "Anadolu" tibbiyot markazining Toshkentdagi rasmiy vakolatxonasiga murojaat qiling.

 

Telefonlar:

 +998 90 11 44 666,

 +90 530 954 30 22 (rus va o‘zbek tillarida so‘zlashiladi)

E-mail: anadolu.tashkent@anadolusaglik.org

Cayt: www.anadolumedicalcenter.ru/ivf-anadolu

Facebook: www.facebook.com/anadolumedical.official

Instagram: https://www.instagram.com/anadolumedicalcenter_ru/

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid