O‘zbekiston | 10:39 / 21.06.2022
5698
1 daqiqa o‘qiladi
Oliy ta’lim vazirligi markaziy apparati kengaytirildi
Prezidentning "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan vazirlik markaziy apparati kengaytirilib, vazifalar qayta taqsimlandi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritildi.
Shuningdek, Professional ta’lim-o‘quv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi.
Qayd etilishicha, mazkur departamentda 30 shtat birligidagi 4 ta boshqarma faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Vazirlik huzuridagi:
- Ma’naviyat va ma’rifat markazi — Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi;
- Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi — Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi deb qayta nomlandi.
Mavzuga oid
08:00 / 30.10.2024
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
11:41 / 13.09.2024
Yana uchta vazirlikning 100 dan ortiq boshqaruv xodimlari tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
15:06 / 09.09.2024
3 ta vazirlikning qariyb 400 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan
07:40 / 29.06.2024